«Kiberxavfsizlik markazi» DUK va «UNICON.UZ» MCHJ o‘rtasida memorandum imzolandi
Shuningdek, memorandumda istiqbolli ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini birgalikda amalga oshirish, ustuvor huquqiy hujjatlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasida kiberxavfsizlikni ta’minlash, jumladan, axborot xavfsizligiga tahdidlarning oldini olish bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, Memorandumda O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va tashkilotlarida axborot va kiberxavfsizlik darajasini oshirish maqsadida tajriba almashish, mutaxassislar malakasini oshirish, yekspertiza va sertifikatlashtirish ishlari doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
UNICON Data Center blogi