VPS XIZMATI ISHGA TUSHIRILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator qonun va farmonlari asosida Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda Respublikada barcha sohalarda raqamlashtirish ishlarining jadal amalga oshirilishi va axborot tizimlarining rivojlanishi bilan ma’lumotlarni saqlash va ularni qayta ishlashga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. “UNICON.UZ” MCHJ tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi (keyingi o‘rinlarda – Data-markaz) tashkil etilib, bir necha bosqichda Bulutli texnologiyalar xizmatlarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Data markazning Bulutli infratuzilmasidagi barcha elementlar zaxiralangan bo’lib, joylashtirilgan ma’lumotlarning zaxiralash maqsadida avtomatik ravishda xar bir qurilmalar ma’lumotlarini “Backup” serveriga yuklaydi. “UNICON.UZ” MCHJning ishonchli yuqori texnologik infratuzilmaga ega Data-markazi 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab VPS xizmatini ko‘rsatishni boshlaganini va hamkorlikka tayyorligini ma’lum qiladi.
UNICON Data Center blogi