Co-location xizmati ishga tushirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator qonun va farmonlari asosida Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda Respublikada barcha sohalarda raqamlashtirish ishlarining jadal amalga oshirilishi va axborot tizimlarining rivojlanishi bilan ma’lumotlarni saqlash va ularni qayta ishlashga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. “UNICON.UZ” MCHJ o‘z mablag‘lari hisobidan ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi (keyingi o‘rinlarda – Data-markaz) tashkil etilib, bir necha bosqichda Co-location, VPS va Hosting xizmatlarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Data-markaz uzluksiz kafolatlangan elektr ta’minoti tizimi klassik sxema bo‘yicha qurilgan. Data-markaz elektr ta’minoti ikkita mustaqil podstansiya tomonidan ta’minlanadi hamda uzluksiz quvvatlash manbai (UPS) va Dizel generator kompleksi o‘rnatilgan. Har bir server qurilmalari uzluksiz quvvat manbaiga ulanishi kafolatlanadi. Data-markazning barcha perimetrlari bo‘ylab videokuzatuv tizimi o‘rnatilgan. Shuningdek, Data-markazda telekommunikatsiya shkaflarida joylashtirilgan qurilmalarni sovutish tizimi N+1 rezervlash sxemasiga muvofiq tashkil etilgan. Data-markazda texnik qo‘llab quvvatlash bo‘yicha kunu-tun navbatchilik qiluvchi Dispetcherlik xizmati tashkil etilgan. Texnik qo‘llab quvvatlash kuniga 24 soat, haftada yetti kun ishlaydi. Server qurilmalarini va…
UNICON Data Center blogi